Obid Asomov

 

Men haqimdaQiziqarli foto

 

 

Obid Asomov

Y A N G I L I K L A R

Aziz foydalanuvchi! Obid Asomovning hayoti va ijodida hamda saytda bo'layotgan so'ngi yangiliklarni aynan shu bo'limdan bilib olishingiz mumkin.

 Obid Asomov nabiralik bo'ldi va safarga otlanmoqda!.

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Obidjon Asomov yaqindagina yana bir nabiralik bo'ldi. Shu munosabat bilan biz, taniqli so'z ustasining barcha muxlislari nomidan Obidjon Asomovni muborakbod etamiz.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2010-08-12 08:28:50/

O'qishlar soni: 237 ta


 "Ada emas, dada!" filmining kichik prem'erasi bo'lib o'tdi!.

Kecha Obid Asomov prodyuserligi asosida suratga olingan "Ada emas, dada!" filmining kichik prem'erasi bo'lib o'tdi. Ishchi nomi "Tohir va Zuhra-2" bo'lgan mazkur kartinani kutganlar anchagina ekanligini kichik prem'eraga tashrif buyurganlarning olqishlaridan bilish qiyin emas edi.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2010-02-19 06:43:00/

O'qishlar soni: 1068 ta


 "Ada emas, dada!" filmidan audio to'plam!.

"Ada emas, dada!" filmidan yana bir ajoyib yangilikni sizlarga taqdim etishdan bag'oyatda hursandmiz. Demak, yosh kinorejissor Mirmaqsud Oxunov tomonidan suratga olingan mazkur film uchun kuylangan barcha qo'shiqlarni audio to'plami sotuvga chiqish arafasida.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2010-02-09 09:31:31/

O'qishlar soni: 888 ta


 Ada emas, dada!.

So'nggi paytlarda juda ham katta shov-shuvga sabab bo'lgan fotosuratni yechimini bugun sizlarga taqdim etamiz. Obid Asomovning grimda tushgan fotosurati ko'pchilikning telefoniga tarqab ketgan va bu mudhish bir voqea holatida tushirilgan rasm, degan mish-mish tarqalgan. Ammo, bunday emas! Bu fotosuratning asl ko'rinishi va "Ada emas, dada!" filmidan fotolavhalar siz uchun taqdim etiladi.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2010-02-08 10:56:50/

O'qishlar soni: 2558 ta


 Isroil safaridan fotosuratlar!.

2009 yilning noyabr oyi so'ngida taniqli qiziqchi Karen Avanasyan bilan birga "Qiziqchilar dueti" nomli konsert dasturimizni Isroil davlatida taqdim etgan edik. Hechdan ko'ra kech, deganlaridek bugun sizning hukmingizga ushbu safardan fotolavhalarni havola qilishga qaror qildik.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2010-02-08 07:05:19/

O'qishlar soni: 525 ta


 Yangi yilingiz bilan!!!.

Bolaligimizni yodga soluvchi, bizni xali dunyoda bеg'uborlik borligiga ishontiruvchi, yangi, katta rеjalar tuzib ana shu rеjalar tomon yurishga undovchi, mo'jizalar yaqinlashtiruvchi go'zal bayram bor! Yaxshi ham shu bayram bor, xеch bo'lmaganda yilda bir marotaba bolalikka qaytib turamiz.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2009-12-31 10:34:22/

O'qishlar soni: 577 ta


 Men tirikman!.

Bizning uzbеk xalkimiz juda ishonuvchan, juda mеxrjon xalq. San’atkor, elga taniqli bo'lgan inson to'g'risidagi har qanday mish-mish xalqimizda ma’lum bir rеaksiya uyg'otadi.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2009-12-24 11:30:05/

O'qishlar soni: 4202 ta


 Tug'ilgan kungiz muborak bo'lsin!.

Rivoyat qilishlaricha, olamlar avvalida olam "BO‘L" , dеgan so‘zdan boshlangan ekan. Yaxshi so‘zimiz xam, aksrok so‘zimiz xam birgina zabonimizdan taraladi. Kimdir shu zabonni nafaqat o‘z hayotini, balki o‘zgalar hayotini ham hushnudlantirish uchun ishlata bilsa, dеmak umri zoye emas. Topib aytilgan so‘zlari, bеg‘araz hazillari, ba’zida esa xaqiqatlarni qamragan latifalari bilan nafaqat o‘zbеk xalqining, balki ko‘plab boshqa millat vakillarining ham yuzlariga tabassum yugurib, o‘zbеk san’atini tanishlari va tan olishlariga sabab bo‘layotgan ijodkor, O‘zbеkistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov 22-oktabr kuni o‘zlarining muborak yoshlarini qarshi olayaptilar.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2009-10-22 08:11:19/

O'qishlar soni: 1427 ta


 Сайтимиздаги сунгги яхши хабарлар:.

Сиз - Сайтимиз фойдаланувчилар учун махсус тайёрланган янги расмларни томоша килишингиз мумкин. Яна камина Обиджон Асомов шуни маълум киламанки, расмларда Амазон тутилари полапонларининг илк расмлариям бор. Гап уртамизда косин-у...

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Obid Asomov /2009-07-26 20:04:23/

O'qishlar soni: 2000 ta


 Мумин Ориповнинг оиласига таъзия билдирамиз.

Узбек санъати огир жудоликка учради. Бевакт улим, кутилмаган фалокат сабаб ёш истеъдод сохиби, хонанда, актёр - Мумин Орипов оламдан утди. Мен шахсан узим, оилам номидан Мумин Ориповнинг оила аъзолари, якинларига, колаверса, унинг мухлиси булган хар бир инсонга чукур таъзия билдираман. Муминни Аллох рахматига олган булсин.

Мумин Орипов оз умр курган булса-да, мазмунли хаёт кечирди, унинг килган ишлари, куйлаган кушиклари, ижро этган роллари сермазмун хаётининг мисолидир. Шунингдек, автохалокат туфайли айни кунда шифохонада даволанаётган Жахонгир Позилжонов ва Жавлонларга хам Яратгандан шифо тилаб коламиз, Аллох умрларини зиёда килсин. Тезрок согайиб кетишсин.


Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: /2009-06-30 21:09:24/

O'qishlar soni: 2537 ta


 Nu-yorkka yo`l olib....

Nu-york shahrida har yili Amеrika Buxoriy-yaxudiylar assosatsiyasi tomonidan san’atning turli jabxalarida faoliyat ko'rsatayotgan san’atchilarni, san’atga aloqador kasb egalarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2009-05-10 10:27:52/

O'qishlar soni: 1673 ta


 Tug'ilgan kuningiz muborak!!!.

Бугун 12-апрель узбек кушикчилигининг даргаси, Узбекистон Халк хофизи Шерали Жураевнинг таваллуд айёмлари. Камина санъат остонасига кадам куйган чогларимда катта бир тантанада устоз санъаткор эл-юрт ичида купчиликдан дуо олиб, каминага фотиха бериб, санъатга куйган кадаминг кутлуг булсин, собит булсин.дуя ок фотиха берганлар. Дуолари мустажаб булиб бугунги кунда камина хам санъатнинг нонини еб,эл-юрт хизматида юрибмиз. Аввалоси Аллохга бехисоб шукроналар булсин. Устоз Шерали Жураевга аввалоси мустахкам саломатлик, оилавий тинчлик-хотиржамлик, булгуси ижодларида янада баркамоллик тилаймиз. Узбек кушикчилик санъатини дунёга танилишида устозни хизматлари бекиёс, умид киламизки бундан кейин хам улмас кушиклари билан асл кушик шайдоларини хушнуд этадилар. Устоз хамиша сог-саломат булинг. Таваллуд айёмингиз, муборак ёшингиз кутлуг булсин.

Хурмат ила, Обид Асомов


Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: /2009-04-12 21:00:40/

O'qishlar soni: 1337 ta


 Kichkina Asomovning birinchi filmi.

San’atkorlar oilasidagi ijodiy muxit farzandlarga xam o'z ta’sirini kursatmay qolmaydi. Ayni kunlarda Obid Asomov "Adasini doda kinosi"ni suratga olish ishlari bilan band bo'lsa, kichkina Asomov, ya’ni Odilxon Asomov suratga tushgan "G'aroyib kashfiyot" filmi nasib etsa, 12-aprеl yakshanba kuni "Yoshlar" tеlеkanalida namoyish etiladi.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2009-04-07 20:23:40/

O'qishlar soni: 1296 ta


 DIQQAT!!! MOTOR!!!.

Siz kutgan "Toxir va Zuxra" fil’mining ikkinchi fasli uchun ijodkorlar yaxshi niyat, ixlos va kutarinki kayfiyat bilan ish boshlashdi. Fil’mning ishchi nomi "Adasini doda kinosi". Ssеnariy mualliflari Madina Muminova va Obidjon Asomov. Rеjissyor Mirmaxsud Oxunov, Bosh opеrator Rustam Murodov. Fil’m "Anor" studiyasida suratga olinyapti.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2009-04-05 20:08:04/

O'qishlar soni: 1731 ta


 TABRIKNOMA!.

1-aprеlni ko'pchilik "aldash" kuni dеyishadi. Aslida bu kun yaxshi kayfiyat, xazil-mutoyiba kuni. 1-aprеl’ kulgu kuni bilan barcha hamkasblarimni - xajvchi yozuvchi, shoirlarni, komik aktyor-aktrissalarni, askiyachi-qiziqchilarni barchalarini samimiy tabriklayman. Chunki kimgadir yaxshi kayfiyat ulashish, kimningdir yuziga tabassum tortiq etish o'ziga yarasha mashaqqatli. Qadrli hamkasblarimga salomatlik, oilalariga xotiri-jamlik,eng aosiysi, yurtimizga tinchlik tilayman. Chunki tinch-osoyishta yurtning xalqi tabassum qiladi. Yurtdoshlarimizga bеg'araz tabassum, yaxshi kayfiyat, ko'tarinki rux tilab qolaman. Kuling, umringiz uzoq bo'ladi, dеyishgan. Xa-ya, unutmang, har qanday chеxraga tabassum yarashadi. Xurmat bilan Obidjon Asomov.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2009-04-01 13:09:37/

O'qishlar soni: 434 ta


 TOXIR VA ZUHRA-2!!!.

Diqqat! Diqqat! Diqqat!

"Toxir va Zuxra" fil’mining yangi talkindagi birinchi faslini tomosha qilganmisiz..? Ikkinchi faslini ham tomosha qilishni istaysizmi?!


Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2009-03-27 07:14:29/

O'qishlar soni: 677 ta


 To'nlar muborak!!!.

Muhtaram muhlislar! Har kuni saytimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarimizga ularning fikr-mulohazalari, e'tiborlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Albatta, sizlarning ko'pchiliginigz u yoki bu konsert video tasmasini "To'nlar muborak!" teledasturimizni saytimizga joylashtirishni so'ragansiz. Ana shu iltimoslarni inobatga olib, Sizga qulay bo'lsin deya qolaversa, hamisha yaxshi kayfiyatda yurushinigz uchun "To'nlar muborak!" dasturlarini endilikda saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: /2009-03-22 18:40:45/

O'qishlar soni: 1257 ta


 Navroz ayyomi muborak!.

Azizlar! Bahorlarga yetgan qadrdonlarim! Navruz muborak! Shukronalar bo'lsin, ko'klamlarga birgalikda yetganlarimizga. Yurtimiz tinch, obi-ravonga baraka, dasturxonimizga to'kinchilik, qalblarimizga imon ato etsin. Barchamizning chehramizni tabassum yoritsin! Ayyom muborak bo'lsin, azizlar!
Hurmat ila, Obid Asomov


Aziz muhlislar, kulgi va yaxshi kayfiyat shinavandalari! Sizlarni ko'plab talab va istaklaringizni inobatga olib, Obid Asomov Rossiya shaharlariga konsert dasturlari bilan tashrif buyuradilar.20-mart kuni Samara shahrida, 22-mart Yekaterinburgda Navruz bayrami munosabati bilan tashrif buyuradilar. Yaxshi kayfiyat va yorug' yuz bilan konsertda uchrashguncha...

Batafsil o'qish...
Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2009-03-19 10:54:35/

O'qishlar soni: 511 ta


 Obid Asomov Hindistondagi restoran ochilishida.

Dunyoni qaysi burchagiga borsangiz o’zbeklarni topasiz, deb Obid Asomov topib aytganlarda… Buni qarangi, Hindistonday katta mamlakatda, dunyoga mashxur Dexli shahrida bizni o’zbeklar mana-man degan restoranlar bilan raqobatlashadigan restoran ochishayotgan ekan.
Ana shu restoranni ochilish marosimiyam rosa dabdabali bo’larmush, dunyoni har burchagidan san’atkorlar-u, biznesmenlar…deganlaridek.


Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Obid.Uz sayt ijodkorlari /2009-03-14 23:35:00/

O'qishlar soni: 496 ta


 Isroilga safarimiz....

2008 yil sentabr oyida O’tkir Muxammadxo’jayev, iste’dodli xonanda Xulkar Abdullaeva va bir gurux sozandalar bilan Isroilga ijodiy safarga bordik. Bizni Isroilga taklif qilgan El’yo Yakub asli Samarqandni kattako’rg’onidan, u ham uzimizni buxoriy yaxudiylardan, hozir Isroilda yashasa ham o’zbek san’atini sog’inib, qumsab bizzni lutfan taklif qilishdi, yo’q deb bo’ladimi, albatta, bajonudil rozi bo’ldik.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Administrator /2009-03-08 13:51:17/

O'qishlar soni: 997 ta


 Karen Avanesyan Toshkentda bo'ldi!.

Aziz shinavandalarim… Rossiyalik yumoristlar bilan bugungi kundagi ijodiy hamkorligimiz sizlarga yaxshi ma’lum. Bu hamkorlik ancha yillar avval “Anshlag”, qolaversa, Yaltadagi yumoristlar festivalidan boshlangan.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Administrator /2009-03-08 13:34:51/

O'qishlar soni: 1015 ta


 Sen aziz va muqaddassan ayol!.

O’zbek san’ati aslida yaxshi an’analarga asoslangan. Ana shunday an’analar qatorida mana bir necha yildirki, aziz va mo’tabar ayollarimiz bayrami ostonasida “Sen Aziz va Muqaddassan AYOL” konsert loyihasi xalqimizga taqdim etib kelinadi. Bu yil ham dastur rejissyori va tashkilotchisi Sa’dulla Abdullayev bilan hamkorlikda an’anani davom ettiryapmiz. Shu loyiha boshlangandan buyon Sa’dulla bilan hamkorlikda Obid-A teatri ham bab-baravar ter to’kib ijod qilamiz. Bu yil nasib etsa, Mirzabek Holmedov boshchiligidagi teatr ham dastur mezboni sifatida ishtirok etadi. Undan tashqari, ko’zga ko’ringan, el-yurt tanigan barcha o’zbek san’ati yulduzlari elimiz hizmatida bo’lishadi. Endi gapning sirasini aytsam, yaxshi narsa baribir yaxshi-da! Kutamiz, keling. 6-7-8-mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida!

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Administrator /2009-02-28 19:14:31/

O'qishlar soni: 766 ta


 Men yana Siz bilan birgaman!.

Assalomu alaykum kulgu va yaxshi kayfiyat shinavandalari. Bahor ayyomi hammamizga muborak. Bahorlarga yetkanimizga shukuronalar bo’lsin. Yana saytimiz orqali sizlarni guzallik, yangilanish ayyomi bilan qutlab turganimdan hursandman. Bir fursat ijodiy ishlar, gastrol-konsertlar bilan ovora bo’lib saytimiz orqali sizlar bilan bog’lana olmay qolganimdan afsusdaman. Nasib etsa, bundan so’ng sizlar bilan doimiy aloqada bo’lib, ijodiy yangiliklardan hamisha bohabar etib boramiz. Bahoriy beg’uborlik go’zallik sizlarni tark etmasin. Hurmat bilan, Obidjon Asomov.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Administrator /2009-02-28 19:02:21/

O'qishlar soni: 630 ta


 Obid Asomovning rasmiy WEB-sayti ishga tushdi!.

2007 yilning 1 iyul kunidan boshlab Obid Asomovning rasmiy WEB-sayti ishga tushdi. Obid Asomovning ushbu WEB-sayti Siz quyidagi qulaylik va hizmatlarni taklif qiladi..

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Administrator /2007-07-01 00:00:00/

O'qishlar soni: 4296 ta


 Obid Asomovni tabriklang!!!.

Kuni kecha Obid Asomov nabiralik bo'ldi!!!

Chin dildan tabriklaymiz!!!



Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Administrator /2007-04-01 11:45:17/

O'qishlar soni: 6606 ta


 Taylandga safar.


Aziz muxlislarim va shinavandalarim!
Sizlardan uzur so'rab shuni ma'lum qilamankim, ishlarim ko'payib ketganligi sababli o'z turmush ayolim, bola-chaqalarim u yoqda tursin, hattoki saytimdan ham xabar ololmadim.Bugundan boshlab aybimni yuvishga vada beraman!
Bizning saytdan xech kim norizo bo'lib ketgan emas.
Lekin aytib qo'yay, artist xalqida lavz yo'q degan maqol xam bor!

Sizlarni sevib qoluvchi Obid Asomov.


Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Administrator /2007-03-31 14:23:46/

O'qishlar soni: 2765 ta


 Obid aka tug'ilgan kuningiz muborak!.

Bugun - bayramoldi kun O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'antkor Obidjon Asomovning tug'ilgan kun ayyomlari!
Ushbu ayyom bilan ularning onalari To'xtaxon onamiz, turmush o'rtoqlari Dilfuzaxon hamda farzandlari Dilorom, Nargiza, Odilxon va Nozimaxonlarning nomlaridan Obid akani 43 yoshlari bilan tabriklaymiz...


Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: /2006-10-22 09:34:57/

O'qishlar soni: 3047 ta


 Angliyadagi voqealar.

Mazkur yilning 26 sentyabridan 2 oktyabrigacha OBID ASOMOV Angliya poytaxti - Londonga tashrif buyurdi. Bir o'zi emas o'zbek estrada yulduzi Samandar Hamroqulov bilan, o'zidan o'zi emas - "Chaqirilmagan joyga yo'nilmagan tayoq" deganlaridek, balki shaxsan Shaxzoda Charlz va onalari Qirolicha Elizavettaning taklifiga binoan.

Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Administrator /2006-10-15 14:03:35/

O'qishlar soni: 5352 ta


 Obid Asomovning Yaltaga safari.

Shu yilning 10-14 avgust kunlari Ukraina davlatining qora dengiz bo'yidagi eng go'zal shaharlaridan biri Yaltada "Xalqaro yumor festivali" bo'lib o'tdi!
Uchinchi yil o'tkazilayotgan bu festivalga Rossiya va hamdo'stlik mamlakatlaridan eng mashhur kulgu va qo'shiq yulduzlari, pantomima va fokus ustalari, shuningdek shu sohalarda o'z kuchini sinab ko'rish maqsadida tanlovga qatnashish uchun talantli yoshlar yig'ilishdi!


Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: /2006-08-18 17:56:01/

O'qishlar soni: 3558 ta


 Obid Asomovning tushuntirish xati.

2006 yil may oyida "Xalq so'zi" gazetasida "San'at komillik yo'limi?" nomli maqola chop etildi. Ochig'ini aytsam maqola muallifidan sira hafa bo'lganim yo'q, chunki har kimni o'z shaxsiy fikri bor!
Maqolani o'qiboq ertasi kuni javob xatini qog'ozga tushirdimu, "Xalq so'zi" tahririyatiga yugurdim.
Tahririyat hodimlari: - Javob xatingizni albatta gazetamizda chop etamiz" deb "qo'ynimni puch yong'oqqa to'ldirib" hursand qilib jo'natib yuborishdi.
Mana 3 oy ham o'tayaptiki ushbu maqola chop etilgani yo'q. Maqolaga javob hatini o'z saytim orqali shinavandalarim e'tiboriga taqdim qilaman.
Obid Asomov


Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Administrator /2006-07-29 12:00:41/

O'qishlar soni: 4971 ta


 Chempionat tomoshasi....

Kuni kecha 9 iyul kuni OBIDJON ASOMOVning Chorbog'dagi dala-hovlisiga futbol bo'yicha jahon chempionati final o'yinini tamosha qilish bahonasida o'zbek estradasining bir nechta "bekorchi", "tekinxo'r" san'at yulduzlari bostirib borishdi!
Aniqroq aytadigan bo'lsak ...


Batafsil o'qish...

Joylashtirdi: Administrator /2006-07-11 11:16:53/

O'qishlar soni: 6974 ta


 

     E-Mail: Obid@obid.uz