![]() ![]() ![]() ![]() ![]()
|
|
|
Y A N G I L I K L A R
Aziz foydalanuvchi! Obid Asomovning hayoti va ijodida hamda saytda bo'layotgan so'ngi yangiliklarni aynan shu bo'limdan bilib olishingiz mumkin.
|
||||||
|
Sen aziz va muqaddassan ayol! |
|
|
O’zbek san’ati aslida yaxshi an’analarga asoslangan. Ana shunday an’analar qatorida mana bir necha yildirki, aziz va mo’tabar ayollarimiz bayrami ostonasida “Sen Aziz va Muqaddassan AYOL” konsert loyihasi xalqimizga taqdim etib kelinadi. Bu yil ham dastur rejissyori va tashkilotchisi Sa’dulla Abdullayev bilan hamkorlikda an’anani davom ettiryapmiz. Shu loyiha boshlangandan buyon Sa’dulla bilan hamkorlikda Obid-A teatri ham bab-baravar ter to’kib ijod qilamiz. Bu yil nasib etsa, Mirzabek Holmedov boshchiligidagi teatr ham dastur mezboni sifatida ishtirok etadi. Undan tashqari, ko’zga ko’ringan, el-yurt tanigan barcha o’zbek san’ati yulduzlari elimiz hizmatida bo’lishadi. Endi gapning sirasini aytsam, yaxshi narsa baribir yaxshi-da! Kutamiz, keling. 6-7-8-mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida! |
|
|
Yangiliklar ro'yhatiga qaytish |
| E-Mail: Obid@obid.uz |
|