To’g’risini aytsam, bir hafta Isroilda yurdim nima-yu, O’zbekistonda yurdim nima, bozorlardayam o’sha "Assalomu alaykum, xormanglar", degan gaplar...maza.
Isroilning uchta - Xulon, Ramle, Tel-Aviv shaxarlarida konsertlar berdik, undan keyin bizni borishimizga to’ylarni belgilab kuyishgan ekan, to’ylarda hizmat qildik. O’zbekistondan ketgan buxoriy yaxudiylar, tojiklar hammalari bilan eskidan tanishdik suxbat qildik uylarida mehmon bo’ldik. O’izig’i shundaki, mehmondorchilik ham o’zimizdagidek-a?! 5-6 xil taom tortilib,"oling-oling" o’sha, ketar taom albatta o’sh! E, qoyil-e, bularam baribir O’zbekistonni suvini ichib, tuprog’ini yalaganda, devordim, judayam mexmondo’st! Asosiysi, Isroilda Al-Axso masjidi bor, Ramazon oyida ushbu masjidni ziyorat qilib, tavof-ibodat qilganlar Xoji hisoblanishadi. Allox bizga ham nasib qilgan ekan, ana shu masjidda biz ham ziyorat qildik, ibodatlarni ado etdik.
Endi, sizlarga ilinganim bir necha fotosuratlar, kuring-chi....
Gotogalereyaga kirish
|