Kuni kecha 9 iyul kuni OBIDJON ASOMOVning Chorbog'dagi dala-hovlisiga futbol bo'yicha jahon chempionati final o'yinini tomosha qilish bahonasida o'zbek estradasining bir nechta "bekorchi", "tekinxo'r"
san'at yulduzlari bostirib borishdi!
Aniqroq aytadigan bo'lsak, ULUG'BEK OTAJONOV, DAVRON ERGASHEV, TOJIVOY SHUKUROV va albatta O'TKIR MUHAMADXO'JAEV va bir nechta do'stlar!
DAVRON ERGASHEV hamda ULUG'BEK OTAJONOVLAR erta-saxardan dala-hovliga yetib borib, xo'roz o'rniga xo'roz bo'lib, OBIDJON ASOMOVni uyqudan uyg'otishdi. Ko'pchilikning ovozi bilan ULUG'BEK OTAJONOV bayramni bosh oshpazi etib tayinlandi. Garchi qaynatma sho'rvani OBIDJON ASOMOV boshlagan bo'lsa ham, ovqatni suzish vazifasini ULUG'BEK OTAJONOV o'z bo'yniga oldi. Yig'ilgan mehmonlar fikricha ULUG'BEK OTAJONOVning oshpazlik san'ati uning qo'shiqchilik sanatidan ham ancha ustun ekan! Uning tayyorlagan taomlari hech qanday kitobga kiritilmagan, va hech qaysi oshpazlar tomonidan e'lon qilinmagan!
Peshindagi dimlama, final o'yni oldidan
suzilgan moshxo'rda futbol ishqibozlarini ovoziga ovoz, kuchiga kuch qo'shib, yanada qattiqroq baqirishga imkoniyat yaratdi.
Bir chekkadan bayon qilsak, peshindan kechgi 9 gacha bilyard bo'yicha dala-xovli chempionati o'tkazildi.
Unda : 1-o'rnni ULUG'BEK OTAJONOV,
2-o'rnni TOJIVOY SHUKUROV egalladi. 3-o'rin yo'q, chunki bilyardda 2 kishi o'ynadi. Qolganlar tomoshabin bo'ldi. Maqtash bo'lsa ham, OBIDJON ASOMOVning bashoratchilik qobilyatiga hamma yana bir karra amin bo'ldi! Chunki ertalabdan OBIDJON ASOMOV bashorat qilib, ITALIYA terma jamoasi g'olib bo'lishini, 1-taymda hisob 1:1 bo'lib, yakunlanishini aniq aytib berdi! "Umumiy hisob 3:1 bo'ladi!" - degan edi buyuk bashoratchi OBIDJON ASOMOV! Afsus bu bashorat o'zini oqlamadi, chunki Nastradamusdek bashoratchilar ham adashgan! ULUG'BEK OTAJONOV qaysarlik qilib bashoratchini gaplariga ishonmadi va FRANSIYA yutadi deb 100$ga garov o'ynadi va omon-eson 100$dan ayirildi.
Soat kechgi 3larda mehmonlar basseynga kalla tashlab muzdak bo'lib Toshkentga
qaytishdi! 100$ yutib olgan OBIDJON ASOMOV barcha idish tovoqlaru qozonlarni yuvib olgan 100$ni oqladi va mehmonlarni sha'niga juda iliq so'zlar aytib, keyingi jahon chempionatida ularni iloji boricha dala-xovliga yaqinlashtirmaslikka qasam ichdi! ZIDANNI kalla qo'yishidan O'ZBEK deb o'yladi OBIDJON ASOMOV!
YASHASIN ITALIYA TERMA JAMOASI!!!

|