Obid Asomov

 

Men haqimdaQiziqarli foto

 

 

Obid Asomov

Y A N G I L I K L A R

Aziz foydalanuvchi! Obid Asomovning hayoti va ijodida hamda saytda bo'layotgan so'ngi yangiliklarni aynan shu bo'limdan bilib olishingiz mumkin.

 Ada emas, dada!.

So'nggi paytlarda juda ham katta shov-shuvga sabab bo'lgan fotosuratni yechimini bugun sizlarga taqdim etamiz. Obid Asomovning grimda tushgan fotosurati ko'pchilikning telefoniga tarqab ketgan va bu mudhish bir voqea holatida tushirilgan rasm, degan mish-mish tarqalgan. Ammo, bunday emas! Bu fotosuratning asl ko'rinishi va "Ada emas, dada!" filmidan fotolavhalar siz uchun taqdim etiladi.

Joylashtirdi: Sayt ijodkorlari /2010-02-08 10:56:50/

O'qishlar soni: 2559 ta


Ada emas, dada!


"Tohir va Zuhra-2" filmi deb atalayotgan, asl nomi "Ada emas, dada!" nomli kartinaning suratga olish jarayonidan yana bir qancha fotolavhalarni sizga taqdim etamiz.
Endi diqqatingizga dekoratsiya qurilgan pavilionda tushirilgan fotosuratlar havola etiladi. Mana shu sahnalar orasida Obid Asomovning ajoyib grimda suratga tushadigan lavhasi bor edi. Shu lavha bugungi kunning eng dolzarb mavzusiga aylanmoqda. Grim ustida ish olib borgan o'z ishini ustasi Lidiya Andrega Obidjon Asomov alohida minnatdorchilik bildiradi. Zero, aynan uning grimi shu qadar jonli chiqibdiki, xalqimiz buni haqiqat deb o'ylagan. Tez kunlarda "Ada emas, dada!" kinokartinasi katta ekranga chiqishi kutilmoqda. Keyinchalik esa mazkur film bilan dunyoga chiqish niyati ham yo'q emas.

















 

Yangiliklar ro'yhatiga qaytish

 

     E-Mail: Obid@obid.uz