![]() ![]() ![]() ![]() ![]()
|
|
|
Y A N G I L I K L A R
Aziz foydalanuvchi! Obid Asomovning hayoti va ijodida hamda saytda bo'layotgan so'ngi yangiliklarni aynan shu bo'limdan bilib olishingiz mumkin.
|
Obid Asomovning tushuntirish xati |
|
|
Maqolani
o'qish uchun chap tarafdagi suratga bosing Respublika
paxtakorlari qurultoyi qatnashchilariga katta konsert berilib (Navoiy
teatrida) unda Respublika xukumatining o’sha davrdagi rahbarlari ham
qatnashayotgan edi. Yusufjon Qiziq bilan Oxunjon Qiziq har xil kinoyali
gaplar bilan xalqni kuldiryapti. Nomer tugagach, sahna ortiga o’tishsa
rejissor qovog’idan qor yog’ib – "...nima, bu sizlarga choyxonami? Sahna
bu muqaddas! Necha marta aytish kerak, sahnada ramkadan chiqmanglar, deb?..."
Qiziqchilarni kayfiyati tushib ketdi. Konsert dasturida ularni yana bir
chiqishlari bor edi. Navbatlari kelganda rejissor yana bir qaytardi:
"Bola-chaqamiz bor, iltimos ramkadan chiqmanglar! " Parda
ochilganda Yusufjon Qiziq va Oxunjon Qiziqlar bo’ynilariga bittadan rasm
ramkasidan osib olib, kallalarini xam qilib o’tirar edilar. Sukunat
ancha davom etdi. Xalqni sabri tugab, shovqin boshlandi. Rejissor
sahnaga chiqib, - "Bu nima qilganlaring 10 daqiqa bo’ldi, nega jimsizlar?
"– dedi. "Axir o’rtoq rejissor, ramkadagi odamdan qanday kulgi chiqadi"
- deya javob berishdi qiziqchilar. Zalda o’tirgan
Yo’ldosh Oxunboboev o’rnidan turib shunday dedi: - Qiziqchilar
bo’ynidagi ramkalarni olib tashlang, ular beramka gapirmasa xalq
kulmaydi! (Oxunjon
Xuzurjonov esdaliklaridan Xalq merosi nashriyoti 1993 yil) "San’at komillik
yo’limi?" maqolasi muallifi
Tushuntirish xati. Avval boshi sizga
shuni ma’lum qilmoqchimanki, sizni maqolangiz bizni “O’zbeknavo” otliq
ishxonamizda katta shov-shuvga sabab bo’ldi.Men viloyatda gastrol
safarida edim. Telefon qilib qolishdi. - Nima bo’ldi? – desam, - tez
kelib tushuntirish xati yozib ketar ekansiz, gazetada sizni ham
yozishgan! Darhol gazeta sotadigan joydan “Xalq so’zi”ni olib, o’qib
chiqdim. Jinoyatim uncha katta emas ekan, bor yo’g’i 500 so’m bilan qo’lgan
tushibman. Shuning uchun tushuntirish xatini ishxonaga emas, sizga
yozishga axd qildim. Yuridik sohasida
bilimingiz puxtaligiga shubham yo’q, axir domla ekansiz(darvoqe, Valijon
Shamshiev degan hamkasbimiz ham sizlarda tarbiya oladi). San’at, xususan
qiziqchilik sohasidan ham ozgina tushuncha berib qo’ymoqchiman, bepul.
Endi aynana sizni
e’tiboringizga kelsak, Yulduzxon bilan 20 yillik do’stmiz. Har yili
konsert dasturlariga chaqiradilar. Kamina esa baholi qudrat, gohida 10
daqiqalik, gohida ikki marotaba 15 daqiqadan (har yili har xil) chiqish
qilaman. Sizni g’azablantirgan gul haqidagi hazilimni 4-5 yildan beri
ko’p tomoshalarda ishlatganman. Sababi, bizga o’zi 10 daqiqa vaqt
berilgan! Sahnaga chiqish bilan hali gapirmasdan gul chiqishni boshlaydi.
(ayniqsa yosh bolalar orqali) va siz gapingizni to’xtatib, gul
olishingiz kerak, tomoshabinni hayoli buziladi. Vaqt esa ketyapti, yana
kimdir rasmga tushmoqchi bo’ladi. Asli madaniyatli, rivojlangan
mamlakatlarda gul tomosha tugagach, keyin topshiriladi. Bizda
o’zbekchilik. Germaniya, Rossiyada ko’zim bilan ko’rganman, uyali
telefonlarni o’chirib keyin kiritishadi, tomosha zaliga, rasmga olish
mumkin emas! Konsertdan keyin marhamat, lekin PULLIK! Turkiyada Ibrohim
Totlisas bilan rasmga tushish 20$! O’sha pul emas, pul beraqolinglar
degan hazilni paydo bo’lishidan maqsad tomoshabin iloji bo’lsa, sahnaga
chiqmasa (qo’pol qilib aytganda halaqit qilmasa) ya’ni, men sahnada –
O’rtoqlar iltimos, men gapirmayotganda gul olib chiqmasin hech kim,
sizlar arzonga sotib olgan gullar kechagi konsertdan qolgan! Plastmas
gullar esa odatda xristianlar mozori ustiga qo’yiladi, artistga
berilmaydi! Umuman kechgi konsertlarga yosh bolalarni olib kelish yaxshi
emas! – desam, bu qiziqchilik emas “otalar so’zi, aqlning ko’zi” bo’lib
qoladi va berilgan o’n daqiqa tugaydi. “Turkiston” saroyida kimdir 500
so’mdan olib chiqib berdi deb yozibsiz, maqolangizda. Meni hayron
qoldirgan narsa birinchidan 500 so’mligini qaydan bildingiz (sahna bilan
tomoshabin orasida anchagina masofa bor), ikkinchidan 500 so’mniku
kimdir rozi bo’lib beribdi., siz nega siqilasiz! Ustoz Orif ota
Alimqulov aytardilar – o’g’lim san’atkorni xalq boqadi, 1 so’mdan bersa
to’ydiradi, bir mushtdan ursa o’ldiradi, - deb. San’atkorlarga e’tiqod
qilish masalasida mening shaxsiy fikrim san’atkor payg’ambar emas (ruschasiga ideal emas demoqchiman). Biz ham sut emgan
bandamiz. Faqat yaratgan ozgina san’atni yuqtirgan xalos. Shukrullo
ukamiz aytgan latifa xususida shuni aytishim mumkinki, bu juda eski
latifa, rus qiziqchilari 10 yildan beri biri olib, biri qo’yib aytib
yurishibdi, Rossiya sahnalarida. Lekin rus mintaliteti bilan bizni
mintalitetimiz orasida juda katta farq bor. Ya’ni, uyat, andisha, oriyat,
odob deganlari o’zbekni qon-qonida! Shukrullo ukamiz shuni xisobga
olmagan ko’rinadi! U yog’ini so’rasangiz o’sha bachkana latifa, beparda
kulguni ham xaridori shinavandasi bor, bo’lmasa shuncha latifalar
sahnalarda aytilarmidi?! Shou-biznes degan gapni eshitgansiz! San’at ham
bir bozor! Bema’ni, ya’ni, ma’nosiz qo’shiqqa xaridor bormi, darrov
bozorga yetqazib, keragicha sotiladi. Bema’ni latifaga xaridor bormi –
marhamat! Bozor iqtisodi – bu! Xo’p, biz nima qilaylik yoqmasa, -
deyishingiz aniq! Afisha, e’lonlar radiodan, televizordan bekorga
reklama qilinmaydi. Yoqmaydigan san’atkormki? – bormaysiz! Bozor! Yoqsa
olasiz, yoqmasa boshqa bozorni ko’rasiz! Xo’sh, endi “Shovvozlar” guruhi
debsiz! E, bunaqa guruhlarning son-sanog’i yo’q. To’ylarga kam borsangiz
kerak, endi ko’ribsiz. Ular ham aytib qo’yay, bekorga kelmagan, pulga,
to’y egasini bergan puliga kelgan. Demak, o’sha sizga yoqmagan “Voy erim
keldi” degan latifa to’y egasiga yoqqan va u pul to’lab olib kelgan shu
“artist”larni! Yurakni kengroq qiling, hurmatli yurist!
|
|
|
Yangiliklar ro'yhatiga qaytish |
| E-Mail: Obid@obid.uz |
|